«Betis» klubining braziliyalik himoyachisi Natan faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Unga Yevropaning ikki grand klubi jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Jumladan, «Manchester Siti» va «Barselona» futbolchining xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Nataning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, u ispan klubi safiga «Napoli»dan ko‘chib o‘tgan edi.













