The i Paper nashrining ma’lumot qilishicha, londonliklar 23 yoshli futbolchi uchun 72 milliondan 79 million yevrogacha bo‘lgan mablag‘ taklif qilgan, biroq «Bornmut» bu takliflarning barchasini rad etgan.
Klub ushbu transfer oynasida Skottni sotishni niyat qilmagan. «Bornmut» rahbariyati allaqachon barcha futbolchilar, agentlar va da’vogar klublarga o‘zlarining asosiy o‘yinchilari daxlsiz ekanini ma’lum qilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Marko Rozening Yevropa ligasidagi debyut mavsumi oldidan imkoniyat qadar kuchli tarkibni saqlab qolish maqsadida klub Skott va Eli Junior Krupini boshqa jamoalarga qo‘yib yubormoqchi emas.













