Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

"Manchester Siti" "Palmeyras" vingeri Allan transferiga bir qadam qoldi

"Manchester Siti" "Palmeyras" vingeri Allan transferiga bir qadam qoldi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Palmeyras" vingeri Allan transferiga juda yaqin turibdi. "Shaharliklar" futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzolanishiga va kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.

Avvalroq 22 yoshli braziliyalik futbolchi "Tottenhem"ga o‘tishga yaqin turgan Savinyoga o‘rinbosar variantlaridan biri ekani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, "Palmeyras" Allandan osongina voz kechishni istamagan va uning klub bilan shartnomasida 100 million yevro miqdoridagi tovon puli (klausula) ko‘rsatilgan.

Joriy mavsumda Allan "Palmeyras" safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazdi. Vinger ularda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:50, 24.08.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик