Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Yildizning jarohati kutilganidan jiddiyroq chiqdi

Yildizning jarohati kutilganidan jiddiyroq chiqdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" vingeri Kenan Yildiz jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

21 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasining 1-turida "Frozinone"ga qarshi o‘tkazilgan va turinliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda oyog‘idan jarohat oldi.

Bugun Yildiz klubning J Medical tibbiy markazida tekshiruvdan o‘tdi. Tekshiruv natijalari "Yuventus" vakillarida jiddiy xavotir uyg‘otgan.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, turkiyalik futbolchi taxminan ikki oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Ayni paytda jarohatni davolash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish varianti ham istisno qilinmayapti.

Hozircha operasiya o‘tkazilishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Kiritildi: 21:42, 24.08.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик