Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Atletiko» muxlislari Alvares uchun kalamush o‘yinchoqlarini tayyorladi

«Atletiko» muxlislari Alvares uchun kalamush o‘yinchoqlarini tayyorladi

Baho:
+ | -

«Atletiko» muxlislari jamoa hujumchisi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tish istagidan norozi.

La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda «Metropolitano» tribunalari argentinalik futbolchini hushtakbozlik bilan qarshi oldi.

Jurnalist Renso Pantich ma’lumotiga ko‘ra, ayrim muxlislar hatto o‘yindan keyin Alvares tomon otish uchun yumshoq o‘yinchoq kalamushlar tayyorlab qo‘ygan. Biroq bu amalga oshmadi. Klub matbuot xizmati rahbari futbolchining oldiga borib, tribunalarga yaqinlashmasdan darhol kiyinish xonasiga kirib ketishini so‘ragan.

Shu sabab Alvares uchrashuvdan keyin jamoadoshlari bilan birga muxlislarga minnatdorlik bildirish uchun tribunalar oldiga bormagan.

«Atletiko» 26 yoshli hujumchini «Barselona»ga sotishni istamayapti. Shu bilan birga, Alvaresga Londonning «Arsenal» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 05:08, 25.08.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик