Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

«Barselona» nima uchun Girassi transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» nima uchun Girassi transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi bu yozda «Barselona»ga o‘tmaydi.

Kataloniya klubi hujum chizig‘ini yangi futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 30 yoshli Girassi nomzodlardan biri edi. Biroq «Barselona» gvineyalik futbolchini transfer ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Bild ma’lumotiga ko‘ra, bunga hujumchining yuqori maoshi sabab bo‘lgan. Girassi «Borussiya»da yiliga taxminan 10 million yevro maosh oladi va «Barselona» rahbariyati bu miqdorni juda yuqori deb hisoblagan.

Girassi Dortmund klubi safida barcha musobaqalarda 97 ta uchrashuv o‘tkazib, 60 ta gol urgan va 15 ta golli uzatma bergan.

Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:10, 25.08.2026.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик