«Atalanta» markaziy himoyachisi Onest Axanor «Chelsi»ning transfer qiziqishlari doirasiga tushdi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klubi vakillari 18 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatib bormoqda. «Chelsi» Axanorni kelajak uchun istiqbolli transfer sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Atalanta» esa yozda futbolchi bo‘yicha kelib tushgan ikkita taklifni rad etgan.
Nigeriyalik oilada Italiyada tug‘ilgan Axanor «Jenoa» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2025 yilda «Atalanta» safiga qo‘shilgan. U markaziy himoyadan tashqari chap qanot himoyasida ham harakat qila oladi.













