«Jenoa» Milutin Osmayichning transferi haqida rasman e’lon qildi. 27 yoshli hujumchi «Preston»dan Italiya klubiga o‘tib, 3 yillik shartnoma imzoladi.
Jurnalist Janluka Di Marsio ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi 2,5 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, shartnomada bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.
O‘tgan Chempionship mavsumida hujumchi «Preston» safida 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol muallifi bo‘lgan.













