«Chelsi» afsonasi Jon Terri Ezri Konsa «Arsenal»da Vilyam Saliba bilan raqobatda g‘olib chiqishiga ishonmoqda.
«Arsenal» Angliya terma jamoasi himoyachisini «Aston Villa»dan 50 million funt va yana 5 million funt bonuslar evaziga xarid qildi. Terri Konsaning transferini bu yozda narx va sifat nisbati bo‘yicha eng yaxshi xarid deb hisoblamoqda.
«Bu juda kuchli transfer. Menimcha, Saliba jarohatidan tuzalib qaytganidan keyin ham asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytara olmaydi. Konsa shu darajada kuchli futbolchi, deb o‘ylayman.
Men u bilan “Aston Villa”da ishlaganman. U juda agressiv himoyachi. Shu bilan birga, maydon markazigacha ko‘tarilib o‘ynashdan qo‘rqmaydi. Chunki raqib uning ortiga to‘p oshirgan taqdirda ham, tezligi evaziga ortga qaytib, vaziyatni bartaraf eta oladi.
U haqiqatan ham juda, juda yaxshi futbolchi», — dedi «Chelsi»ning sobiq himoyachisi FC Bullard kanalida.













