Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gordon «Barselona»da «to‘qqizlik» pozisiyasida o‘ynashga tayyor

Gordon «Barselona»da «to‘qqizlik» pozisiyasida o‘ynashga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona»ning yangi futbolchisi Entoni Gordon jamoada markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Angliyalik futbolchi «Elche»ga qarshi debyut uchrashuvida (5:0) zaxiradan maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. O‘yindan so‘ng Gordon markaziy hujumchi roli unga yaxshi tanish ekanini ta’kidladi.

«O‘tgan mavsumda bu pozisiyada ko‘p o‘ynadim va menimcha, vazifamni yaxshi bajardim. Oddiy «to‘qqizlik»larga nisbatan mening kuchli jihatlarim boshqacha. Hujumlarni tashkil etishda sheriklarimga yordam bera olaman va bo‘sh hududlarga ochila olaman. Bu pozisiyada o‘ynash menga yoqadi».

Shuningdek, Gordon darvozaga o‘zi zarba berish o‘rniga nima uchun Fermin Lopesga uzatma berganini ham tushuntirdi.

«Bu to‘g‘ri qaror edi. Biz — jamoamiz. Bu yerda gap mening gollarim haqida emas», — dedi Gordon.

Kiritildi: 07:24, 25.08.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик