«Manchester Siti» va «Aston Villa» «Renn» hujumchisi Esteban Lepolning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda L’Equipe ma’lumotiga tayanib fransuz OAV xabar bermoqda.
26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Liga 1ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib, «Renn» hujumining asosiy figurasiga aylandi. Uning yuqori sermahsulligi Angliya Premyer-ligasi klublari e’tiborini tortgan.
Manbaga ko‘ra, Lepolga «Manchester Siti» va «Aston Villa»dan tashqari «Atletiko», «Napoli» va «Komo» ham qiziqish bildirmoqda. «Renn» esa hujumchini hozircha sotishni rejalashtirmayapti. Futbolchining shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.













