"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etmaydi. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq de Yongning jarohati ingliz klubi rejalarini o‘zgartirgan. "Shaharliklar" natijada boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishga qaror qilgan.
"Barselona" esa 29 yoshli yarim himoyachiga ishonch bildirishda davom etmoqda. De Yongning o‘zi ham Kataloniya klubida qolish va faoliyatini shu yerda davom ettirish niyatida. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ayni paytda futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tamoqda.













