Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Umarali Rahmonaliyev jamoasi bugun Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi

Umarali Rahmonaliyev jamoasi bugun Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev to‘p surayotgan Ozarbayjonning "Sabah" klubi bugun, 25-avgust kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi uchrashuvni o‘tkazadi.

Boku klubi saralash pley-off bosqichi javob bahsida Isroilning "Hapoel Beer-SHeva" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda "Hapoel Beer-SHeva" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Shu bois "Sabah" umumiy bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun javob bahsida kamida ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak. Bir to‘p farqidagi g‘alaba o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib boradi.

UEFA ma’lumotlariga ko‘ra, Rahmonaliyev joriy Chempionlar ligasi saralashida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 588 daqiqa harakat qildi va 1 ta golli uzatma berdi. Uning paslar aniqligi 83 foizni tashkil etmoqda.

"Sabah" Chempionlar ligasi saralashini birinchi bosqichdan boshladi. Ozarbayjon klubi pley-offga qadar "Nyu-Seynts", "KuPS" va "Orxus" to‘siqlaridan o‘tdi.

Pley-off g‘olibi Chempionlar ligasining 36 jamoa ishtirok etadigan umumiy bosqichiga yo‘l oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:49, 25.08.2026.
O'qildi: 1885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик