Niderlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xavi «Barselona» yarim himoyachisi Frenki De Yongning atrofidagi vaziyatdan xavotir bildirdi. O‘yinchi jahon chempionatida olgan tizza jarohatidan keyin tiklanmoqda va klub uning muolajasi yuzasidan kelishmovchiliklarga duch keldi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Barselona» De Yongning jarohati haqida turnirdan qaytguniga qadar bilmagan. Futbolchi operasiya o‘rniga konservativ davolanishni tanlagan, bu esa OAV ma’lumotlariga ko‘ra, klubning noroziligiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, De Yong o‘ziga nisbatan ayrim ayblovlarni rad etib, «portlovchi» intervyu bergan.
«Barselona»dagi muhitni yaxshi biladigan Xavi o‘yinchi uchun qayg‘urmoqda, chunki De Yong uning jamoasi uchun muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, Rodrining kelishi sababli yarim himoyachining kataloniyaliklar safidagi kelajagi noaniq va «Barselona» 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qaramay, uni keyingi yozda sotib yuborishi mumkin.













