«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta klub bilan tuzilgan shartnomasining oxirgi bir yilini haqiqiy emas deb topishga urindi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
«Burgutlar» kelishuvda ko‘zda tutilgan bandga asosan shartnomani bir tomonlama 2027 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi. Mateta va uning vakillari buning majburiy yuridik kuchi yo‘qligini talab qilishdi.
Klubning tashabbusi bilan ushbu nizoni APLning mustaqil tribunali ko‘rib chiqdi. Futbolchi tomoni FIFAga ham murojaat qildi, biroq u yerda bu ish tashkilot yurisdiksiyasiga kirmasligini ma’lum qilishdi. Tribunal qarori ommaga oshkor etilmadi, biroq BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Matetaning shartnomasi yana 10 oyga mo‘ljallangani futbolchi uchun muhokama muvaffaqiyatsiz tugaganini bildiradi. «Pelas» masalani yopilgan deb hisoblaydi.
29 yoshli fransuzga «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda. «Kristal Pelas» Mateta borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, chunki yanvar oyida forvard xorijiy klub bilan dastlabki shartnoma imzolashi, keyingi yozda esa bepul ketib qolishi mumkin.













