«Napoli» hujumchi Mark Giuning transferi uchun «Chelsi»ga taxminan 15 million yevro taklif qilishga tayyor. Ispaniyalik forvard hujumni kuchaytirish uchun ustuvor maqsad sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
London klubi 20 yoshli futbolchini yuqoriroq baholamoqda, ammo «Napoli» kelishib olishga umid qilmoqda, chunki Giu ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. Avvalroq yoz mavsumida forvardga «Sevilya» qiziqish bildirgan edi, biroq Italiya klubi yanada qulay shart-sharoitlarni taklif qilishga tayyor.













