«Aston Villa» hujum chizig‘ini «Kristal Pelas» forvardi Jan-Filipp Mateta bilan kuchaytirish niyatida.
The Times ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi fransuz futbolchisi uchun taxminan 25 million funt sterling taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. «Kristal Pelas» hujumchining ketishini muhokama qilishga tayyor, ammo uni 40 million funtga baholamoqda.
«Aston Villa»ning Matetaga qiziqishi Olli Uotkinsning kelajagi noaniq bo‘lib turgan bir paytda paydo bo‘ldi. Angliyalik hujumchini «Al-Hilol» o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Shuningdek, «Aston Villa» «Chelsi» forvardi Nikolas Jekson variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
«Aston Villa» Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini omadsiz boshlab, dastlabki turda «Brayton»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Kristal Pelas» esa birinchi turda «Everton»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.













