"Real Madrid" yangi futbolchisi Yan Diomandeni rasman tanishtirdi. 19 yoshli hujumchi Florentino Peres ishtirokida 2033-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi va unga 25-raqamli futbolka topshirildi.
Kot-d’Ivuarlik futbolchi "RB Leypsig"dan sotib olingan. "Real" transfer summasini ochiqlamagan, ammo Ispaniya matbuoti kelishuvni 125 mln yevro va 15 mln yevrogacha bonuslar deb baholamoqda. Shu tariqa, umumiy summa 140 mln yevrogacha yetishi mumkin.
Transfermarkt’ning so‘nggi bahosiga ko‘ra, Diomandening bozor qiymati 90 mln yevro. "Leypsig" esa uni 2025-yil yozida "Leganes"dan 20 mln yevroga xarid qilgan edi.
Diomande "Real" safida rasmiy debyutini "Espanyol"ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. U 64-daqiqada maydonga tushdi va Karlos Espining g‘alaba goli bilan yakunlangan hujumda ishtirok etdi. Madridliklar bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.













