"Liverpul" "Brayton" vingeri Yankuba Minte transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi jarohatidan to‘liq tiklanishi uchun yana 2-3 oy kerak bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, "Liverpul" uni sotib olish niyatidan qaytmagan.
Mersisaydliklar Minte uchun avval 50 mln, keyin 60 mln funt taklif qilgan, ammo ikkala taklif ham rad etilgan. "Brayton" futbolchini taxminan 70 mln funtga baholamoqda.
Gambiyalik vinger "Brayton"ga 2024 yil yozida "Nyukasl"dan 30 mln funtga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt Mintening hozirgi bozor qiymatini 45 mln yevroga baholamoqda.
Chap oyoqli Minte asosan o‘ng qanotda harakat qiladi. Plettenbergga ko‘ra, "Liverpul" uni o‘yin uslubi jihatidan Muhammad Salohga yaqin futbolchi sifatida ko‘rmoqda.













