"Chelsi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The Independent ma’lumotiga ko‘ra, London klubi transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig‘iga yana bir universal futbolchi qo‘shmoqchi. 28 yoshli Reshford chap va o‘ng qanotda, shuningdek, markaziy hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan.
Reshford "MYU" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub uni boshqa jamoadan sotib olmagan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining hozirgi bozor qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda.
Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumlarning bir qismini "Aston Villa" va "Barselona"da ijarada o‘tkazib, bu yozda "MYU"ga qaytdi.













