«Manchester Yunayted» «Brayton»ning tayanch yarim himoyachisi Karlos Baleba transferini rasman e’lon qildi.
Kamerun terma jamoasi a’zosi bo‘lgan 22 yoshli futbolchi «MYU» bilan «5+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Avvalroq «Brayton» Baleba transferi uchun 65 million funt sterling, bonuslar bilan birga esa yana 5 million funt olishi haqida xabar berilgandi.
Baleba «Brayton» safida 2023/24 yilgi mavsumdan buyon to‘p tepib kelayotgan edi.













