Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Dembeleni qaydnomaga kiritmaydi

«PSJ» Dembeleni qaydnomaga kiritmaydi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Fransiya chempionatining «Lill»ga qarshi navbatdagi uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Parij klubi futbolchiga bir necha kunlik dam berishga qaror qildi. Bu qaror «PSJ» bosh murabbiyi va klub rahbariyati bilan kelishilgan.

Dembele yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmaydi va juma kuni «Lill»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni o‘tkazib yuboradi. Fransiyalik futbolchining dushanba kuni umumiy guruhga qaytishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Liga 1ning dastlabki turida safarda «Renn» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan. «Lill»ga qarshi uchrashuv 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 00:42, 26.08.2026.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик