«Al-Hilol» «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellini sotib olishga yaqin turibdi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Tomonlar 65 million yevrodan ortiq summadagi transfer shartlarini kelishib olmoqda.
«Arsenal» futbolchini sotishga rozilik bergan. Endi yakuniy qarorni Martinellining o‘zi qabul qilishi kerak.
Braziliyalik futbolchi 2019 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Arsenal» safida 278 ta uchrashuv o‘tkazib, 62 ta gol urgan va 36 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, Martinellining «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati esa 45 million yevro atrofida baholanmoqda.













