Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rafael Leau «Galatasaroy»ga o‘tishga yaqinlashdi

Rafael Leau «Galatasaroy»ga o‘tishga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» «Milan» hujumchisi Rafael Leau bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Yag‘iz Sabunjuog‘lu X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbul klubi 27 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga taxminan 12 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Endi «Galatasaroy» transfer shartlari bo‘yicha «Milan» bilan kelishuvga erishishi kerak.

Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

2025/26 mavsumida Leau barcha musobaqalar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida 5 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 04:19, 26.08.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик