Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

«Seltik» 3:0lik ustunlikni boy berdi va Chempionlar ligasiga chiqa olmadi

«Seltik» 3:0lik ustunlikni boy berdi va Chempionlar ligasiga chiqa olmadi

Baho:
+ | -

LASK Chempionlar ligasi saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Seltik»ni qo‘shimcha vaqtda 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahs Avstriyadagi «Rayffayzen Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisobni 21-daqiqada shotlandiyaliklar yarim himoyachisi Kallum Makgregor ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Moses Usor mezbonlarning javob golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida LASK yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Asosiy vaqt yakuniga yaqin esa zaxiradan maydonga tushgan Florian Fleker hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Birinchi uchrashuvda «Seltik» 3:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli, umumiy hisob tenglashdi va jamoalar 15 daqiqadan iborat ikki qo‘shimcha bo‘lim o‘tkazishdi.

109-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan amerikalik hujumchi Samuel Adeniran LASKning beshinchi golini kiritdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, u dubl qayd etishi mumkin edi, ammo penaltidan foydalana olmadi.

Shu tariqa, LASK ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l oldi. «Seltik» esa Yevropa ligasida ishtirokini davom ettiradi.

Kiritildi: 04:21, 26.08.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик