Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Sergey Tokov: «Andijon» bunday tarkib va murabbiylar bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladi»

Sergey Tokov: «Andijon» bunday tarkib va murabbiylar bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladi»

Baho:
+ | -

«Andijon» — «Xorazm» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Tokov jurnalistlar savollariga javob berdi.

«O‘yindan keyingi fikrim shuki, uchrashuv og‘ir va kurashlarga boy bo‘ldi. Bitta xato o‘yin taqdirini hal qildi. Kim xato qilsa, o‘sha mag‘lub bo‘ladi. Afsuski, xatoga biz yo‘l qo‘ydik. «Andijon»ni g‘alaba bilan tabriklayman».

— «Xorazm» birinchi bo‘limdan boshlab besh nafar himoyachi bilan o‘ynadi. Bu «Andijon»ning o‘yiniga moslashish uchun tanlangan taktikami? Ikkinchi bo‘limda to‘rt himoyachiga o‘tib, yarim himoyani kuchaytirish mumkin emasmidi?

«Menimcha, birinchi bo‘limni yomon o‘tkazmadik. Besh nafar himoyachi bilan o‘ynashimiz faqat himoyalanishga qaratilgan taktika emas edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, oldinda pressing qilish uchun to‘rt nafar futbolchini qoldirgandik.

Ikkinchi bo‘limda esa biroz chuqurroq o‘ynab qoldik. Balki bunga charchoq ham sabab bo‘lgandir. Sun’iy maydondan tabiiy chimli maydonga moslashish ham biroz qiyin kechdi. Jismoniy jihatdan kuchimiz yetishmadi.

Bundan tashqari, jarohat olgan futbolchilarimiz ham bor. Shu sabab hozircha o‘yinni kuchaytirish oson emas. Ammo maqsadimiz himoyada o‘tirish emasdi. Aksincha, yuqoriroq o‘ynashga va pressing qilishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa kuchimiz biroz kamaydi».

— «Xorazm» kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o‘ynayapti. Ammo o‘rtamiyona raqiblarga qarshi qandaydir sustlik sezilayotgandek...

«Bu fikrni nimaga asoslanib aytyapsiz? Qaysi jamoalarni o‘rtamiyona deb hisoblaysiz? «Andijon»ni o‘rtamiyona jamoa deb o‘ylaysizmi?

Agar shunday tarkibga ega jamoani o‘rtamiyona deb hisoblasangiz, nima deyishni ham bilmayman. Demak, biz umuman boshqa darajada ekanmiz.

«Andijon» tarkibida yaxshi futbolchilar bor, legionerlari ham saviyali. Shaxsan men bu jamoani o‘rtamiyona deb hisoblamayman. Sizlarda yaxshi murabbiy va yaxshi jamoa bor.

Menimcha, bunday tarkib va shu murabbiylar shtabi bilan «Andijon» bemalol sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladi. To‘g‘ri, ayrim o‘yinlarda nimadir o‘xshamasligi mumkin. Klubning ichki ishlarini bilmayman, ammo jamoa yaxshi shakllantirilgan. Zaxiradan ham yuqori saviyadagi futbolchilar maydonga tushyapti. Ular avval ham yaxshi jamoalarda o‘ynagan va o‘z saviyasini ko‘rsatgan futbolchilar».

— Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qay darajada kuchaytira oldi?

«Rostini aytsam, ulardan o‘yinni ko‘proq jonlantirishini kutgandim. Ammo bu kutilgan natijani bermadi. Balki yosh futbolchi biroz hayajonlanib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygandir. O‘yinni kuchaytirishini istagandik, ammo, afsuski, buning uddasidan chiqa olmadi».

— Stoshich nima uchun zaxirada qoldirilyapti?

«Biz tarkibga yana bir darvozabonni qo‘shdik va u Stoshich bilan raqobatda ustun keldi. Bugungi kunda murabbiylar shtabi fikriga ko‘ra, u kuchliroq. Shu sabab hozir aynan Umid Ergashev asosiy tarkibda o‘ynayapti», — dedi Sergey Tokov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:05, 26.08.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик