Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Surxon» ustozi: «Bizga yaxshi o‘yin emas, natija ham kerak»

«Surxon» ustozi: «Bizga yaxshi o‘yin emas, natija ham kerak»

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan OKMKga qarshi uchrashuvdan (0:0) keyingi matbuot anjumanida «Surxon» bosh murabbiyi Anvar G‘afurov jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?

«Bugun yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushdik. Raqib hujumkor futbol ko‘rsatishini va kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik. Biz uchun har bir o‘yinda ochko juda muhim ekanini futbolchilarga tushuntirgan edik.

O‘ylaymanki, ko‘p o‘yinlarda natija jihatidan mag‘lub bo‘layotgan bo‘lsak-da, o‘yin sifati va maydondagi harakatlarimiz borasida raqiblardan ortda qolayotganimiz yo‘q. Albatta, bu yaxshi ko‘rsatkich, ammo jamoaga natija ham kerak. Ishonamanki, biz bu natijaga albatta erishamiz.

Bugungi o‘yin oson kechmadi. Yigitlarga katta rahmat aytaman. Ular maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, oxirigacha mehnat qilishdi.

Shuningdek, Termizdan uzoq masofani bosib o‘tib, bizni o‘z stadionimizda yolg‘iz qoldirmagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarimizga katta dalda bo‘ldi.

Bu o‘yinda qizil kartochka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shundan keyin futbolchilar xato qilmaslikka, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga va jamoaviy harakat qilishga intildi. Bu, albatta, ijobiy holat».

— Qizil kartochkadan so‘ng yosh jamoangizni qanday ruhlantira oldingiz?

«Men har bir futbolchimga ishonaman. Bu maydonda bo‘ladimi yoki maydon tashqarisidami — farqi yo‘q. Yakuniy kengaytirilgan tarkibga kirmagan futbolchi ham, maydonga tushgan har bir o‘yinchi ham o‘z vazifasini bajarishga va bor kuchini berishga tayyor bo‘lishi kerak.

Bizda, albatta, o‘ziga yarasha kamchiliklar bor. Ammo eng muhimi — har bir futbolchi o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi va jamoa uchun borini berishi kerak. Men futbolchilarimga ishonaman».

— Bugun ustozingizga qarshi maydonga tushdingiz. Keyingi turda esa «Bunyodkor»ga qarshi o‘ynaysiz. Qanday uchrashuv kutyapsiz?

«Oldinda kubok o‘yini ham bor. Albatta, futbolda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Agar kimdir natijani oldindan aniq bila olganida, ehtimol, u jahon chempioni bo‘lar edi.

Har safar chempionlar va kuchli jamoalar o‘zgarib turar ekan, demak, biz ham doimo ishlashimiz va har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

«Bunyodkor»ga qarshi ham qiziqarli va mazmunli o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz va maydonga maksimal natija uchun chiqamiz», — dedi Anvar G‘afurov.

Manba: "Сурхон" матбуот хизмати
Kiritildi: 05:08, 26.08.2026.
O'qildi: 415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик