Ozarbayjonning «Sabah» klubi «Xapoel Beer-SHeva»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘l oldi.
Boku klubi joriy mavsumda Yevropaning eng nufuzli klub turnirida debyut qiladi.
«Sabah» 2017 yilda tashkil etilgan. Shu tariqa, u Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan tashkil topish sanasi bo‘yicha eng yosh klubga aylandi. Jamoaga tashkil etilganidan tortib Yevropaning eng yuqori klub musobaqasiga chiqishgacha bor-yo‘g‘i 9 yil kerak bo‘ldi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Sabah» ham o‘z raqiblarini bilib oladi.













