Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Rossi: «Ronaldu — noyob futbolchi»

Rossi: «Ronaldu — noyob futbolchi»

Baho:
+ | -

Sobiq italiyalik futbolchi Juzeppe Rossi «Manchester Yunayted»da birga to‘p surgan Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikr bildirdi.

Rossi portugaliyalik futbolchining yoshiga qaramay, hali ko‘plab gollar urishiga ishonadi.

«Ronaldu ajoyib mentalitetga ega. Hech bir futbolchida u kabi maqsad sari intilishni ko‘rmaganman. U 1000 ta gol urishiga ishonaman. Bizga esa undan faqat o‘rganish qoladi.

U faoliyatini yakunlaganida, shubhasiz, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida esda qoladi. U — noyob futbolchi», — deya Rossining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Ayni paytda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda.

Kiritildi: 05:20, 26.08.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик