Italiya A Seriyasiga qaytgan «Monsa» «Napoli» futbolchisi Siril Ngonjega qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli futbolchi avval «Torino», keyin esa «Espanyol»da ijara asosida to‘p surib, Neapol klubiga qaytgan. Endi «Napoli» unga yangi jamoa topish ustida ishlamoqda.
derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, Ngonjening keyingi manzili «Monsa» bo‘lishi mumkin. Biroq futbolchiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Parma» rahbariyati ham uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Monsa» Italiya A Seriyasining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa birinchi turda amaldagi mamlakat chempioni «Inter»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.













