«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoadoshi Alexandro Baldening klubdagi hozirgi holatidan xavotirda.
22 yoshli chap qanot himoyachisi transfer oynasining so‘nggi kunlarida sotilishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hatto Baldeni La Liganing «Elche»ga qarshi yaqindagi uchrashuvi qaydnomasiga kiritmagan edi.
Flik bu qarorini futbolchi ayni paytda butun e’tiborini futbolga qarata olmayotgani bilan izohlagan.
Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Yamal yuzaga kelgan vaziyatdan norozi. Laminga klubning uning yaqin do‘sti Baldega bo‘lgan munosabati unchalik yoqmayapti.
Alexandro Baldega «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Ispaniyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.













