Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Fabrisio Romano: Traore faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

Fabrisio Romano: Traore faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

Baho:
+ | -

Vinger Adama Traore kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. 30 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi kutilmoqda.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Traore 26 avgust kuni Ispaniyaga uchib boradi va "Deportivo" bilan shartnoma shartlarini kelishib, bitimni imzolashga harakat qiladi.

Futbolchining so‘nggi klubi Londonning "Vest Xem" jamoasi bo‘lgan. Traore shartnomasi yakunlangani sabab 1 iyul kuni klubni tark etgan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 6 million yevro deb baholamoqda. Biroq "Deportivo" uni erkin agent maqomida tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Bo‘lajak shartnomaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas. 2025/26 mavsumida Traore "Vest Xem" safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:15, 26.08.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик