«Fiorentina» hujumchisi Moyze Kinning «Komo» klubiga o‘tishi faqat bir shart bilan amalga oshishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Djanluka di Marsio xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Florensiya klubi futbolchi ketishidan oldin uning o‘rnini bosa oladigan munosib nomzod topishni istamoqda. Agar jamoa munosib o‘rinbosar topa olishmasa, ular yozgi transfer oynasida futbolchini sotishdan bosh tortishadi.
Avvalroq «Komo» Moyze Kinning transferi uchun taxminan 40 million yevro taklif qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi 2024 yilning yozida Turinning «Yuventus» klubidan «Fiorentina»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan A Seriya mavsumida u 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













