Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Fabio Miretti faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Yag‘iz Sabundjuog‘luning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga Istanbulning «Beshiktosh» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Turkiya tomoni «keksa sinyora» vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda klublar kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Miretti «Yuventus» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi turinliklar safida jami 106 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi bo‘lgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.













