Angliya Premyer-ligasining birinchi turi doirasida Londoning «Tottenxem» klubi «Brentford» bilan bahs olib bordi. Uchrashuv «shporlar»ning 0:3 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, londonliklar yarim himoyachisi Djeyms Meddison mazkur uchrashuvda jarohat olib qoldi. Xavbek yelkasidan shikastlangan. 29 yoshli futbolchining to‘liq safga qaytishi va tiklanishi uchun ikki haftagacha vaqt ketishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Djeyms «Tottenxem» safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchi va «shporlar» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirida yakuniga yetadi. Ingliz futbolchisining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













