Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Shervud «Tottenxem» va «Brentford» bilan o‘yindagi 0:3 hisobi haqida: «O‘yin dahshatli edi»

Shervud «Tottenxem» va «Brentford» bilan o‘yindagi 0:3 hisobi haqida: «O‘yin dahshatli edi»

Baho:
+ | -

Tim Shervud APLning 1-turida «Brentford»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:3) keyin «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbini tanqid qildi.

«Uning futbolchilar bilan ishlash uchun yetarlicha vaqti bor edi, o‘zi xalos bo‘lishni istagan o‘yinchilar esa arzimas pulga sotib yuborildi. Shunday ekan, butun mas’uliyat murabbiyning, qolaversa, futbolchilarning zimmasida.

Men hech narsani ko‘rmadim. Keyin esa u o‘yindan keyin kelib: «Bizni jismonan mag‘lub etishdi», deydi. Vou, mag‘lub etishdimi? Raqib sizni hech qanday darajada yengmasligi kerak edi. O‘ylaymanki, u aynan shuni nazarda tutgan.

U murabbiy sifatida menga yoqadi. U o‘tgan mavsum oxirida «Tottenxem» bilan ajoyib ish qildi va klubni bu transferlarni katta mablag‘ evaziga amalga oshirishga majbur qildi.

Futbolda tez yugurish, kurashish, ikkinchi qavatdagi to‘plar va kurashlarda g‘alaba qozonish kerak — bu muhokama ham qilinmaydi, lekin ular «Brentford»ga qarshi bularning hech birini qilishmadi.

Tartibni, De Dzerbi bu klubga olib kelishi kerak bo‘lgan chiroyli sxemalarni unuting. U o‘z ishtiyoqi va hissiyotlari bilan tanilgan, uning jamoasi buni aks ettirishi kerak edi, lekin ular bunday hech narsani ko‘rsatishmadi — o‘yin haqiqatdan ham dahshatli edi», — dedi «Tottenxem»ning sobiq ustozi.

Kiritildi: 10:28, 26.08.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик