Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Reynders «Atletiko»ga o‘tishni istagan, ammo...

Reynders «Atletiko»ga o‘tishni istagan, ammo...

Baho:
+ | -

«Al-Qodisiya»ning yangi futbolchisi Tijjani Reyndersning otasi Martin Reynders o‘g‘lining «Manchester Siti»dan ketishi haqida fikr bildirdi.

«Biz «Atletiko»ga o‘tishga umid qilgandik. Ular juda jiddiy qiziqish bildirgandi, ammo yakunda muzokaralardan chiqib ketishdi. Ular bunday katta xaridni amalga oshirish imkoniga ega emasdi. «Yuventus» va «Galatasaroy» esa faqat ijara variantlarini taklif qildi.

Biz «Al-Qodisiya»ning taklifini ikki marta rad etdik. Ammo ular uchinchi bor maxsus taqdimot bilan qaytgach, Saudiya Arabistoniga borishga qaror qildik. «Al-Qodisiya» Osiyoning eng katta klubiga aylanishni istayapti», — dedi futbolchining otasi AD.nl nashriga.

Yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoni klubi 28 yoshli Reyndersni «Manchester Siti»dan 60 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga sotib oldi.

Niderlandiyalik futbolchi «Al-Qodisiya» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Kiritildi: 12:54, 26.08.2026.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик