Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabio Kapello: «Milan» to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda»

Fabio Kapello: «Milan» to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda»

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello jamoa Ruben Amorim qo‘l ostida to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganini ta’kidladi.

O‘tgan yakshanba kuni «Milan» Italiya A Seriyasi 1-turida safarda «Torino»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Men Amorimning g‘oyalari 75 daqiqa davomida maydonda qanday amalga oshirilganini ko‘rdim. Birinchi bo‘limda o‘yinda muayyan g‘oya bor edi, ammo xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi. Keyin Rabyo va Modrich maydonga tushgach, o‘yin o‘zgardi.

So‘nggi 15 daqiqa ichida «Torino»da to‘rtta golli vaziyat bo‘ldi va bu hali juda ko‘p ishlash kerakligini ko‘rsatadi. «Milan» bu jihat ustida ishlashi shart. Futbolchilar g‘oyani o‘zlashtirib bo‘lishgan va menimcha, «Milan» to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda», — dedi Kapello Calciomercato nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 13:49, 26.08.2026.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик