Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi to‘pi taqdim etildi (Foto)

Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi to‘pi taqdim etildi (Foto)

Baho:
+-1 | -

UEFA Chempionlar ligasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida musobaqaning 2026/2027 yilgi mavsumida foydalaniladigan yangi o‘yin to‘pini taqdim etdi.

Yangi to‘p Chempionlar ligasining umumiy bosqichi uchrashuvlarida, shuningdek, pley-off bahslarida qo‘llaniladi.

Ertaga, 27 avgust kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a saralash bosqichining barcha uchrashuvlari yakunlanganidan so‘ng o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi. Parijliklar 2025/2026 yilgi mavsum finalida Londonning «Arsenal» klubini asosiy va qo‘shimcha vaqtdagi 1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etgan.

Joriy mavsum Chempionlar ligasi finali 2027 yil 5 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:52, 26.08.2026.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик