Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karrager: "Xabi Alonso "Real"dan Vinisius sabab ketdi"

Karrager: "Xabi Alonso "Real"dan Vinisius sabab ketdi"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager Xabi Alonsoning "Real" bosh murabbiyi lavozimidan ketishi Vinisius Junior bilan bog‘liq vaziyat tufayli sodir bo‘lganini bildirdi.

"Ochig‘ini aytganda, Alonso Vinisius bilan bog‘liq vaziyat sabab ishidan ayrildi. Murabbiy sodir bo‘layotgan holatdan norozi edi. Rahbariyat bilan suhbatdan keyin klub futbolchi tomonini tanladi. Natijada Xabi iste’foga chiqarildi va uning o‘rnini Arbeloa egalladi", — deya Karragerning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.

Ayni paytda Xabi Alonso "Chelsi"ni boshqarmoqda. U iyul oyida London klubi bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

44 yoshli ispaniyalik mutaxassis "ko‘klar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan bo‘lib, bitim 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Iyun oyida "Real" Alvaro Arbeloa bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi. 8 iyuldan boshlab u Angliyaning "Fulxem" klubini boshqarmoqda.

Arbeloaning "Fulxem" bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:04, 26.08.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик