"Selta" "Liverpul"ning 21 yoshli ispaniyalik tayanch yarim himoyachisi Stefan Baychetichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Galisiya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan.
Endi "Selta" transferni amalga oshirish uchun "Liverpul" bilan ham kelishib olishi kerak. Baychetichning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Baychetich joriy mavsumda "Liverpul" safida hali maydonga tushmadi. U o‘tgan mavsumning deyarli barchasini jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.
2024/25 yilgi mavsumda esa futbolchi "Zalsburg" va "Las-Palmas" klublari safida to‘p surib, jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.













