«Tottenxem» «Manchester Siti» vingeri Omar Marmushni 50+10 million funtga transfer qilishga yaqin.
Tomonlar 27 yoshli misrlik futbolchining transferi bo‘yicha 50 million funtga kelishib olgan. Yana 10 million funt bonuslar ko‘rinishida belgilangan, shundan 5 millioni kafolatlangan.
Futbolchining shartnomasi «4+1» sxemasi bo‘yicha bo‘ladi. «Ayntraxt» qayta sotuvdan ulush olmaydi.
Marmush «Tottenxem»da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon ruxsat olgan.













