«Real Sosyedad» himoyachisi Jon Martin «Real»ga qarshi o‘yin oldidan madridliklar hujumchisi Kilian Mbappeni Vinisius Juniorga qaraganda to‘xtatish qiyinroq raqib deb atadi.
20 yoshli markaziy himoyachi «Santyago Bernabeu»da allaqachon to‘rt marta o‘ynaganini va Madrid klubiga qarshi uchrashuvlar doimo o‘ziga xos bo‘lishini ta’kidladi.
«Agar bittasini tanlashim kerak bo‘lsa, Mbappeni tanlardim. Chunki u hujumchi sifatida menga yaqinroq o‘ynaydi, shuningdek, bo‘shliqlardan foydalanishi va birga-bir vaziyatlardagi o‘yini tufayli uni to‘xtatish qiyin», — dedi Martin.
Martin shuningdek, «Real» hanuz eng yaxshi jamoalardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.













