"Bavariya" Janubiy Koreya terma jamoasi markaziy himoyachisi Kim Min Jega "Arsenal" tomonidan bildirilgan qiziqishni rad etdi.
Absolut Bayern ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 29 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini so‘rab murojaat qilgan, ammo tezda rad javobini olgan. Shundan so‘ng "Arsenal" "Aston Villa"dan Ezri Konsani taxminan 60 million yevro evaziga xarid qildi.
Shuningdek, "Manchester Yunayted", "Nottingem Forest" va "Aston Villa" ham Kim Min Je bo‘yicha ma’lumot so‘ragan, biroq "Bavariya" ularning barchasiga rad javobini bergan.
Myunxenliklar sport direktori Maks Eberl 2025 yil yozida koreyalik himoyachini sotish variantini ko‘rib chiqqan edi. Ammo hozirda uning transferi klub rejasida yo‘q.
Bosh murabbiy Vensan Kompani ham Kim Min Jening fazilatlarini yuqori baholaydi. "Bavariya"ning Cheju orolidagi Osiyo safari paytida u futbolchini "haqiqiy himoya maxluqi va juda tezkor" deb ta’riflagan.
Kim Min Je ham "Bavariya"da qolish niyatida va jamoaning markaziy himoya chizig‘ida ishonchli variant bo‘lib qolmoqda.













