Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Emiliano Martines "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

Emiliano Martines "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -1

"Aston Villa"ning argentinalik darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi"ga Martinesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati taklif qilingan va klub bu variantga qiziqish bildirgan. Ayni paytda tomonlar ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Qayd etilishicha, "Aston Villa" Dzion Suzukini xarid qilganidan so‘ng Martinesni sotishga tayyor.

33 yoshli argentinalik darvozabon yangi mavsumda hali birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Martinesning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:13, 26.08.2026.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик