Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer Angliya Premyer-ligasi 1-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar berdi.
"Fulxem"ga qarshi safardagi 3:2 hisobidagi g‘alabali uchrashuvda 24 yoshli futbolchi avval golli uzatmani amalga oshirdi, so‘ng o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Muxlislar o‘rtasidagi ovoz berishda Palmer 40 foiz ovoz to‘pladi. Uning eng yaqin ta’qibchisi "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor bo‘lib, norvegiyalik futbolchi 22 foiz ovoz oldi.
Premyer-liganing 2-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Chelsi" o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi. Uchrashuv 30 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













