Istanbulning «Galatasaroy» klubi Rafael Leau uchun kurashni davom ettirmoqda. Turkiyaliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, shuningdek, «Milan» rahbariyatiga yangi taklif taqdim etdi.
Aniq summa oshkor qilinmagan, ammo jurnalist Klaudio Raymondi ma’lumotiga ko‘ra, taklif «Milan» Leau uchun olishni istagan 50 million yevroga yaqin. «Galatasaroy»ning avvalgi 35 million yevrolik taklifi rad etilgan edi.
Portugaliyalik futbolchi 2019 yildan buyon «Milan»da o‘ynab kelmoqda. Avvalroq u Lissabonning «Sporting» va Fransiyaning «Lill» klublarida to‘p surgan.













