O‘zbekiston Superligasida 19-turdan keyin to‘purarlar poygasida "So‘g‘diyona" futbolchisi Lyupcho Doriyev peshqadamlik qilmoqda.
Doriyev joriy chempionatda raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol qilib, eng yaqin ta’qibchisidan uchta golga oldinda bormoqda.
"Neftchi" hujumchisi Stipe Perisa 10 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Dinamo" futbolchisi Anvarjon Hojimirzayev va "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobida 9 tadan gol mavjud.
"Paxtakor" vakili Stefen Chinedu hamda "Buxoro" futbolchisi Sherzod Esanov esa 8 tadan gol bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
Superliga to‘purarlari:
- Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") — 13 gol
- Stipe Perisa ("Neftchi") — 10 gol
- Anvarjon Hojimirzayev ("Dinamo") — 9 gol
- Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 9 gol
- Stefen Chinedu ("Paxtakor") — 8 gol
- Sherzod Esanov ("Buxoro") — 8 gol













