Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Roberto Martines Jazoir terma jamoasini boshqarishi mumkin

Roberto Martines Jazoir terma jamoasini boshqarishi mumkin

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Jazoir milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb xabar bermoqda FootMercato.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis yaqinda Jazoir futbol federasiyasining nomzodlar qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.

Martinesning o‘zi ham Jazoir terma jamoasini boshqarish istiqbolidan mamnun. U moliyaviy shartlarda jiddiy yon berishga tayyor, shuningdek, murabbiylar shtabiga jazoirlik mutaxassisni qo‘shishga ham qarshi emas.

Martines 2026 yil yozida Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan. Uning qo‘l ostida portugaliyaliklar JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Jazoir esa jahon chempionatining 1/16 finalida Shveysariyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Bunga qadar Roberto Martines Belgiya terma jamoasi, shuningdek, «Everton», «Uigan» va «Suonsi» klublarini boshqargan.

Kiritildi: 02:25, 27.08.2026.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик