Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Genduzi «Lion» muxlislarini «Marsel» shiori bilan provokasiya qildi

Genduzi «Lion» muxlislarini «Marsel» shiori bilan provokasiya qildi

Baho:
+2 | -

«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Matteo Genduzi Chempionlar ligasi saralash bosqichida «Lion»ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng yuzaga kelgan janjal markazida qoldi. Turkiya klubi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv Fransiyadagi «Grupama Stedium»da bo‘lib o‘tdi.

Avval «Marsel» safida to‘p tepgan 27 yoshli fransuz futbolchisi final hushtagidan keyin jamoasining g‘alabasini maydonda jo‘shqin tarzda nishonladi.

Xususan, Genduzi tribunalar tomon borib, «Olg‘a, «Marsel»!» deb baqirdi. Shuningdek, u «Lion» muxlislari qarshisida haqoratomuz ishora ham qildi.

Shundan so‘ng Genduzi tribuna ostidagi xonalarga yo‘l olayotgan paytda futbolchilar va ikki jamoa xodimlari ishtirokida janjal kelib chiqdi.

Qayd etilishicha, «Lion» muxlislari Genduzini o‘yin oldidan qizish mashqlari paytidayoq provokasiya qilgan. Futbolchi esa ularga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib javob qaytargan.

Kiritildi: 08:55, 27.08.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик